“Chelsi”ning qarori “Atletiko”ga yoqmadi

  • 12 noyabr, 2021, 11:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saul Niges transferi ortidan “Chelsi” va “Atletiko” munosabatlari taranglashdi. Ma’lumki, londonliklar yozgi transferlar vaqtida “Atletiko” yulduzini ijaraga olgan edi.

Tecno

Biroq, Tomas Tuxelga ispaniyalik yarim himoyachining o‘yini ma’qul kelmadi. Niges harchand urinmasin Angliya premer-ligasida o‘z salohiyatini namoyon eta olgani yo‘q. “Chelsi” murabbiylar shtabi uni bir necha daqiqa o‘ynatdi xolos.

Endi “aristokratlar” ikki oy avval olingan futbolchini muddatidan oldin ortga qaytarmoqchi. Madridliklarga esa, hamkorning bu qarori ma’qul kelmadi.

Qolaversa, futbolchining o‘zi ham, “Atletiko” mutasaddilari ham shartnomada kelishuvni muddatidan avval buzish to‘g‘risida band yo‘qligini iddao qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!