
"Chelsi"ni yana bir etakchi tark etishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Sezar Aspilikueta faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi “neradzurrilar”ning yozgi transferlar oynasi uchun tuzgan ro‘yxatidan joy olgan. Klublar ushbu transfer yuzasidan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazishgan.
Aspilikueta “Chelsi”da 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Premer-ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar