“Chelsi”ni menga beringlar!

  • 6 may, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte yana “Stemford Bridj”ga qaytishdan umidvor bo‘lyapti.

Tecno

Italiyalik murabbiy 2023 yilning martida “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan beri ishsixz yuribdi.

Konte Italiya superklublaridan “Yuventus”, “Inter” va “Napoli”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Calciomercato nashrining ta’kidlashicha, 54 yoshli mutaxassis A Seriyaga qaytishga shoshilmayapti va faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish niyatida.

Ana shu maqsadda, Konte agentlar orqali o‘z xizmatlarini “Chelsi” rahbariyatiga taklif qilgan.

Konte 2016-2018 yillar davomida “aristokratlar”ga ustozlik qilgan va uning qo‘l ostida jamoa Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!