“Chelsi” yulduzi raqib safiga o‘tib ketadigan bo‘ldi

  • 1 fevral, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning mashhur futbolchilaridan Ngolo Kante faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, liverpulliklar frantsiyalik yarim himoyachini mavsum yakunlanganidan keyin o‘z safiga qo‘shib oladi. “Liverpul” bosh murabbiyim Yurgen Klopp hamon Kanteni jahon darajasidagi yulduz, deb biladi va jamoasini kuchaytira olishiga ishonadi.

Germaniyalik mutaxassis jarohati tufayli avgustdan beri futboldan tashqarida yurgan Kante “Liverpul” qo‘llayotgan o‘yin uslubiga to‘la mos tushishini ta’kidlamoqda. Chunki Ngolo bir uchrashuv davomida katta masofalarni bosib o‘tishga ko‘nikkan o‘yinchilar toifasiga kiradi.

Eng muhimi, Kantening “Chelsi” bilan shartnomasi tugayotgani bois, “Liverpul” uni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!