"Chelsi" yana bir transferni hal qildi

  • 1 yanvar, 2023, 16:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yaqin fursatlar ichida yangi transferni e’lon qilishi kutilmoqda.

Tecno

"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Monako" a’zosi Benua Badiashile faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettiradi. Himoyachi londonliklarga 37-38 million evroga tushishi taxmin qilinyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli futbolchi "aristokratlar" bilan uzoq yillik shartnomaga imzo chekadi. Tibbiy ko‘rik tez kunda o‘tkaziladi. Avvalroq, "Chelsi" "Benfika" vakili Entso Fernandes transferini ham hal qilgandi.

Potter shogirdlari ayni paytda Premer liga onlayn turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!