"Chelsi" yana bir qimmatbaho darvozabonni sotib olmoqchi

  • 28 iyul, 2020, 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” allaqachon  27 yoshli posbonning agenti bilan bu borada muzokaralarni boshlab yuborgan. Gap shundaki, "Chelsi" ustozi Frenk Lempard sloveniyalik darvozabonni Kepa Arrisabalaga o‘rniga munosib ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Oblak “Atletiko” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 256 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 174 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!