
"Chelsi" va "Arsenal"ning e’tibori bir futbolchiga tushdi
“Ayaks” yarim himoyachisi Muhammad Kudusga Londonning ikki grandi - "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
The Independent xabariga ko‘ra, "aristokratlar" 22 yoshli ganalik futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Boisi aynan ular “kanonirlar”ga nisbatan yaxshiroq taklif bilan chiqishi mumkin deb hisoblanmoqda.
"Arsenal"ning muammolaridan biri shundaki, klub Kudusdan tashqari yana bir o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi, ammo buning uchun ayrim futbolchilarini sotishi kerak. Gap Folarin Balogun va Kiran Tirnilar haqida ketmoqda. London klubi ushbu transferlardan 70 million funt sterlingga yaqin daromad olishi mumkin bo‘lsa-da, bu ma’lum vaqt talab etadi. “Chelsi” ana shu paytdan foydalanib, futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olishi mumkin.
O‘z navbatida "Ayaks" Kudusning transferi uchun taxminan 40 million funt talab qilishi aytilmoqda. U o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 30ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan.
Fikrlar