
“Chelsi” to‘rt futbolchidan voz kechdi, navbatda yana uchtasi!
Taniqli jurnalist Ben Jeykobs “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Klub rahbariyati birinchi navbatda, to‘rt nafar futbolchidan voz kechish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Unga ko‘ra, londonliklar “Roma”ga ijaraga berilgan Romelu Lukakuni Rim klubiga pullamoqchi. Ian Maatsenni “Borussiya Dortmund”ga o‘tkazish bo‘yicha ish olib boriladi.
Himoyachi Lyuis Xoll o‘zi ijarada o‘ynayotgan “Nyukasl”ga to‘liq transfer qilinishi rejlashtirilgan. Uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Trevo Chalobaning ketishi haqida anchadan beri gap-so‘zlar yuribdi. Markazi himoyachiga Angliya va Italiya klublaridan chorlov bor.
Bu to‘rt futbolchidan tashqari, yozda Konor Gallaxer, Mark Kukurelya va Mixail Mudrik kabi o‘yinchilar ham transferga qo‘yilishi mumkin.
Fikrlar