
"Chelsi" Sancho uchun 140 mln evro to‘lashga tayyor
Londonning “Chelsi” klubi “Borussiya” Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni sotib olishga jiddiy bel bog‘ladi. The Sun nashr tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 19 yoshli angliyalik futbolchi evaziga nemis grandiga 140 mln evro taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya D” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar