“Chelsi” qimmatbaho futbolchini ochiqchasiga haydayapti

  • 25 avgust, 2023, 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Inter”dan ijaradan qaytgan Romelu Lukaku tezroq klubni tark etishini istayapti.

Tecno

Nufuzli nashrlardan talkSPORT muxbirlarining xabar berishicha, “aristokratlar” belgiyalik futbolchiga jiddiy ultimatum qo‘ygan. Unga ko‘ra, Lukaku tezroq o‘ziga Evropadan jamoa topishi kerak. Aks holda, klub uni Saudiya Arabistoni klublariga sotib yuboradi.

Lukakuga “Al-Hilol” jiddiy qiziqish bildiryapti. Biroq, Lukakuning o‘zi A Seriyaga qaytish ilinjida muzokaralarni cho‘zmoqda. Bu klub rahbariyatiga yoqmayapti.

Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Romelu Lukaku agentlari hujumchining xizmatini “Roma”ga taklif qilgan. Joze Mourino “Manchester Yunayted”da o‘zi bilan ishlagan forvard bo‘yicha hali o‘z fikrini aytgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!