
"Chelsi" o‘z etakchisini "Liverpul"ga qo‘yib yuborishni istamayapti
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"The Guardian" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyalik futbolchi xizmatiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar uni yozda sotib olishga harakat qilib ko‘radi.
O‘z navbatida, "aristokratlar" ham Meysonni o‘z tarkibida olib qolmoqchi. Londonliklar 18 oydan keyin shartnomasi tugaydigan pleymeykerga yangi bitim taklif etishni niyat qilgan. Shu bilan birga, taqdim etiladigan kelishuvda uning maoshi avvalgisidan ancha oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
24 yoshli Maunt "ko‘klar" libosida joriy mavsum 26 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar