
“Chelsi” nishonida 5 ta hujumchi
The Sun nashri “Chelsi” rahbariyati besh nafar hujumchidan iborat ro‘yxat shakllantirgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “aristokratlar”ning asosiy nishoni “Napoli” forvardi Viktor Osimxen hisoblanadi. Neapolliklar bilan shartnomasini uzaytirgan nigeriyalik hujumchini 130 million evroga transfer qilish imkoni bor.
Qolgan to‘rt nafar futbolchi ham anchadan beri “Chelsi” mutasaddilari kuzatuvida. Ular “Yuventus” vakili Dushan Vlaxovich, “Sporting” to‘purari Viktor Dokeresh, “Bayer”da porlay boshlagan Viktor Bonifase hamda “Brayton” yulduzi Evan Fergyuson kabi hujumchilarning biri bilan ham shartnoma qilishni rejalashtirmoqda.
Yana bir manba – Evening Standard nashrining yozishicha, londonliklarni ko‘proq Osimxen va Angliya futboliga moslashib ulgurgan Fergyuson ko‘proq qiziqtirmoqda.
Fikrlar