
"Chelsi" N'Golo Kanteni qancha vaqtga yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 27-turi markaziy bahsi "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan futbolchilarning holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
"N'Golo jarohatidan forig‘ bo‘lgani yo‘q. Uning mushaklarida muammo bor. Uch haftadan so‘ng maydonga qaytishiga umid qilaman.
Pulishichni ahvoli biroz jiddiyroq, ammo qachon maydonga qaytishi haqida aniq bir so‘z ayta olmayman. Klub shifokorlari uning sog‘lig‘i ustida qayg‘urishmoqda.
Andreas (Kristinsen) mahsus niqob yordamida mashg‘ulotlarni boshladi. U maydonga faqat maska bilan tushishi mumkin. U o‘yinga tayyor, biroq qarorni so‘nggi daqiqalarda chiqaramiz.
Temmi esa to‘laqonli tayyor deb aytishga biroz erta, ammo u asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Hali uning tarkibda bo‘lishi bo‘yicha bir qarorga kelmadik", - deydi Lempard.
Fikrlar