
"Chelsi" MYu futbolchisiga yana bir taklif tayyorlamoqda
"Chelsi" Alexandro Garnachoning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda va joriy transfer oynasi yakuniga qadar kelishuvni yopishga umid qilmoqda.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" allaqachon londonliklarning bir nechta takliflarini rad etgan, ammo "ko‘klar" yaqin kunlarda murosaga kelinishiga ishonchi komil.
Avvalroq, OAVda argentinalik vingerning "Chelsi" bilan shaxsiy shartnomasi shartlari kelishib olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Transfermarkt portali Garnachoni 45 mln evroga baholamoqda. Futbolchi 2022 yildan beri MYuning asosiy tarkibida o‘ynamoqda. Britaniya matbuotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi bosh murabbiy Ruben Amorimning rejalaridan o‘rin olmagan, shu sababli klub uni sotmoqchi.
Fikrlar