“Chelsi” mashhur o‘yinchisini tekinga qo‘yib yubordi

  • 3 iyul, 2024, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning marokashlik taniqli legioneri Hakim Ziesh faoliyatini “Galatasaroy”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

“Aristokratlar” o‘tgan mavsumni ijara asosida Turkiya chempionatida o‘tkazgan futbolchini to‘liq qo‘yib yuborishga rozilik berdi.

“Galatasaroy” hujumkor futbolchi bilan bir yillik shartnoma tuzdi va unga maosh sifatida 2,85 million evro to‘laydi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin.

“Chelsi” Hakim Zieshni 2020 yili 35 million evroga transfer qilgandi. Hakim debyut mavsumidayoq jamoa bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Biroq keyinchalik “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!