“Chelsi” Markos Alonsoni “Barselona”ga sotishga tayyor. Lekin...

  • 2 avgust, 2022, 13:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“The Guardian” nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, London klubi o‘z etakchisi Markos Alonsoni "Barselona"ga qo‘yib yuboradi.

Kukurelya o‘tgan mavsumda “Brayton”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol urdi va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq "Chelsi" Kukurelya uchun "Brayton"ga 50 million funt taklif qilishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!