“Chelsi” katta transferdan voz kechdi

  • 28 iyun, 2024, 20:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yangi mavsum uchun hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yangi forvard qidiryapti.

Tecno

“Aristokratlar” bu pozitsiyaga “Nyukasl” to‘purari Aleksandr Isaakni mo‘ljallagan edi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotga ko‘ra, londonliklar shvetsiyalik hujumchini transfer qilish fikridan qaytgan. Bunga “qarg‘alar”ning o‘z o‘yinchisi o‘ta qimmat baholayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Transfermarkt Aleksandr Isaakni 75 million evroga baholanmoqda. Nyukaslliklar esa, hujumchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Ular da’vogar tomonlar ancha katta mablag‘ taklif qilsagina Isaakni qo‘yib yuborishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!