“Chelsi” ikki supertalant uchun 250 million ajratdi

  • 13 fevral, 2023, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TribalFootball nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” direktorlar kengashi klub xo‘jayini Todd Byolini Angliya futbolining ikki yulduzini olib kelishga ko‘ndirgan.

Tecno

“Aristokratlar” birinchi navbatda “Borussiya”da porlayotgan 19 yoshli angliyalik o‘yinchi Jud Bellingemni olib kelishni mo‘ljallamoqda. Jud eng qimmatbaho futbolchiga aylangan.

Ikkinchi nomzod anchadan beri Angliya grandlari nishonida turgan Deklan Raysdir.  “Vest Xem” o‘z etakchisini hech qanday summaga sotmasdan, ushlab qolmoqda. Qolaversa, Raysning o‘zi ham “Mtemford Bridj”ga ko‘tib o‘tishga moyil emas.

Shunga qaramay, “Chelsi” yozda bu ikki o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun oxirigacha kurashishga urinib ko‘radi. Todd Byoli bu transferlar uchun 250 million evro miqdori xarajat qilishga rozilik berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!