
“Chelsi” futboldan ketgan Chexni darvozaga qaytaradi
“Chelsi” rahbariyati Angliya premer-ligasi qaydnomasiga sobiq darvozabon Petr Chexni kiritdi.
2019 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan 38 yoshli darvozabon pandemiya sharoitida yuz berishi mumkin bo‘lgan fors-major holatlarida yana maydonga tushishi uchun shunday qilindi.
Ayni paytda Chex London klubida maslahatchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
“Chelsi” Chex faoliyatini yakunlaganidan keyin darvozabon masalasini hal qila olmadi. Katta umidlar bilan olib kelingan Kepa Arrisabalaga qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, ko‘p gol o‘tkazmoqda. Yaqinda Frantsiyadan olib kelingan Eduar Mendi ham jarohatga yo‘liqdi.
Shu kabi omillarni hisobga olgan “Chelsi” rahbarlari har ehtimolga qarshi, so‘nggi chora sifatida Chex xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Fikrlar