
"Chelsi" etakchilaridan biri uzoq muddatli davolanishdan so‘ng yana safga qaytdi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Kallum Xadson-Odoi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 19 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan yilning 22 aprel kuni "Byornli"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmay kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” navbatdagi uchrashuvini 24 avgust kuni safarda “Norvich”ga qarshi o‘tkazadi. Biroq, Xadson-Odoining ushbu bahsda ishtirok etish yoki etmasligi ma’lum emas.
Fikrlar