
“Chelsi” bu futbolchilarning baridan voz kechdi
Muvaffaqiyatsiz mavsum yakunlanganidan keyin “Chelsi” ham tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi tabiiy.
Keyingi yillarda transferlarga katta miqdorda pul sarflayotgan “aristokratlar” hali ham jangovar tarkib tuza olgani yo‘q.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati olti nafar o‘yinchini transferga qo‘yishga qaror qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, Hakim Ziesh, Ruben Loftus-Chik, Kristian Pulishich, Konor Gallaxer, Per-Emerik Obameyang va Meyson Maunt yozda o‘ziga yangi jamoa torishi kerak.
Bu futbolchilarning bari hujum chizig‘i vakillari hisoblanadi. Rahbariyat ularni sotib yuborish orqali moliyaviy feyr-pley qoidalarga amal qilishni ham rejalashtirmoqda.
Fikrlar