“Chelsi” braziliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi

  • 20 iyun, 2022, 17:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Everton" hujumchisi Risharlisonni sotib olish uchun asosiy favorit klubga aylanib oldi. Britaniyaning “The Independent” nashri xabariga ko‘ra, londonliklar braziliyalikning transferi bo‘yicha boshqa klublardan kelgan har qanday taklifdan ko‘proq to‘lashga tayyor.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Risharlisonning o‘zi yozda "Everton"ni tark etish istagi borligini ma’lum qilgan edi. Braziliyalik futbolchi allaqachon o‘z qarori haqida bosh murabbiy Frenk Lempard va "irislar" rahbariyatini xabardor qilgan.

Risharlison xizmatlariga Londonning boshqa klublari, jumladan, "Tottenxem" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Chelsi" braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!