
"Chelsi" argentinalik iste’dod bilan shaxsiy kelishuvga erishdi, muammo uning transfer summasida
Argentina milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettiradi.
Taniqli insayder Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchiga "Chelsi"dan jiddiy qiziqish bor. Londonliklar 21 yoshli pleymeyker bilan shaxsiy kelishuvga erishgan.
Tomonlar 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Entsoning o‘zi yiliga 10 million evro maoshga ega bo‘ladi. Transfer rasmiylashtirilishi uchun "Chelsi" va "Benfika" Fernandesning narxi borasida bir qarorga kelishi lozim. Portugaliya klubi o‘z vakili uchun 120 million evro so‘ramoqda.
Yarim himoyachi terma jamoasi tarkibida Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega chiqdi.
Fikrlar