
"CAFA U-14 Championship 2022". O‘zbekiston yoshlari Tojikistonga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
"CAFA U-14 Championship 2022" musobaqasi 3-turi doirasida O‘zbekiston U-14 terma jamoasi Tojikiston termasiga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz yirik 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Qo‘shnilarimiz safida Hudoydodov va Nazriev o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Maksudov bu bahsda dubl muallifiga aylandi.
Vakillarimiz endi 16 noyabr kuni soat 11:30 da Afg‘oniston bilan o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar