
"Buxoro"ning murabbiylar shtabida yana o‘zgarish yuz beradimi?
Oxirgi paytlarda “Buxoro” klubida yuz bergan gap-so‘zlardan hammaning xabari bo‘lsa kerak.
Avvaliga bosh murabbiy Davron Fayzievning ishdan ketishi va o‘rniga Anvar Berdievning tayinlanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Keyin esa Fayziev hech qaerga ketmaganini aytib chiqdi va Berdiev unga yordamchi murabbiy etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan mavzu yopildi, deb o‘ylagandik. Biroq sports.uzga etib kelgan bugungi ma’lumot yana e’tiborimizni tortdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yilgi chempionatning yarmidan “Buxoro”ga ustozlik qilgan hamda omadsiz mavsumdan keyin jamoani tark etgan Jamshid Saidovning yana klubga qaytishi mumkinligi xususida gap-so‘zlar chiqmoqda. Bu qanchalik haqiqat? Tez orada vaziyatga oydinlik kiritamiz. Sports.uzni kuzatishda davom eting.
Fikrlar