
Buxoroda "Kelajagimiz umidlari" bolalar festivali bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Kelajagimiz umidlari” festivali o‘tkazilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan festival ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Festivalda umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Festivallar tashkil etishdan maqsad bolajonlarni futbolga jalb qilish, mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va umumta’lim maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni tanlab olib, futbol maktablariga tavsiya qilishdan iborat.
Festival ishtirokchilariga O‘FA va Buxoro viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.
Fikrlar