
"Buxoro" tarkibida o‘zgarishlar boshlandi
“Buxoro” klubi ham yozgi yig‘inini boshlagan. Tarkibda esa ayrim o‘zgarishlar yuz beryapti. Masalan, mavsum boshida taklif qilingan turkmanistonlik darvozabon Raxat Japarov “Buxoro”ni tark etdi.
Hozirda bir qator yangi o‘yinchilar bilan qizg‘in muzokaralar davom etyapti. Ma’lumotlarga qarganda, tojikistonlik iqtidorli hujumchi Tohir Malodustov “Buxoro” safiga qo‘shilgan.
Bungacha “Xo‘jand” jamoasida to‘p surgan 21 yoshli futbolchining imkoniyatlarini Usmon Toshev yaxshi biladi. Chunki futbolchi Tojikiston milliy terma jamoasiga ham nomzod hujumchilardan biridir. Shu sababli Malodustovni “Buxoro”ga taklif etdi.
Fikrlar