
"Buxoro" serbiyalik hujumchining transferini e’lon qildi
Pro liga etakchisi “Buxoro” klubi yangi transferni e’lon qildi.
Jamoaga yangi qo‘shilgan hujumchi legioner hisoblanadi. Aniqrog‘i, serbiyalik Milan Mirosavlev bo‘lib, 1995 yilning 24 aprel kuni Serbiyaning Vrbas shahrida tavallud topgan.
Bungacha Latviyaning “Liepaya” klubida to‘p surgan. Faoliyati davomida Serbiya, Qozog‘iston, Chernogoriya chempionatlarida o‘ynagan.
Fikrlar