
"Buxoro" o‘z maydonida "Metallurg"ni so‘nggi bor qachon yutgan?
O‘zbekiston Superligasi 9-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda “Buxoro” mehmoni bo‘ladi. Tomonlar shu kunga qadar kuchlilar safida 46 marta to‘qnash kelishgan. Ortda qolgan uchrashuvlarning 21 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 ta o‘yinda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. 7 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bekobodliklar foydasiga – 63:59.
“Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi uchta to‘p farqidan iborat – 3:0, 4:1. “Buxoro”ning “Metallurg” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 4:0 ni tashkil etadi. Mazkur jamoalarning Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarida ustunlik maydon egalari tomonida.
Buxoroda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi:
02.07.2020 "Buxoro" - "Metallurg" 1:4
27.11.2019 "Buxoro" - "Metallurg" 0:0
24.10.2018 "Buxoro" - "Metallurg" 1:0
02.08.2018 "Buxoro" - "Metallurg" 2:1
30.09.2017 "Buxoro" - "Metallurg" 2:2
"Metallurg" klubi matbuot xizmati
Fikrlar