
"Buxoro" klubi: Ulug‘bek Baqoev klubdagi o‘z ish faoliyatini davom ettiradi!
"Buxoro" jamoasi bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev borasida rasmiy munosabat bilan chiqdi.
"Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev klubdagi o‘z ish faoliyatini davom ettiradi!
So‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoevning taqdiri borasida ko‘plab mish-mish xabarlar tarqaldi. “Buxoro PFK” ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Jamoamizning turnir jadvalidagi hozirgi holati muxlislarimizni xavotirga solayotgani bor gap. Shu o‘rinda chempionatdagi o‘yinlar hali oldinda ekanligi va yaqin ta’qibchilar bilan oradagi farq katta emasligini inobatga olib, jamoamiz rahbariyati Ulug‘bek Istamovichga ishonishda davom etadi. Undan tashqari klub va murabbiylar shtabi o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy ko‘rinishda ekanligini ma’lum qilamiz.
3 may kuniga belgilangan “Mash’al” klubiga qarshi o‘yinda jamoamizni Ulug‘bek Baqoev tayyorlamoqda. Vakillarimiz mazkur bahsda faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi.
Shu o‘rinda jamoamiz muxlislaridan viloyatimiz bosh jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va g‘alabali onlar oldinda ekanligi aytib o‘tmoqchimiz!", - deyiladi xabarda.
Fikrlar