
Buuum! O‘zbekistonlik yosh iqtidor sohibiga EChLda o‘ynaydigan klub qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi!
Belarusning "Energetik-BGU" klubi safida to‘p tepadigan legionerimiz Abduqodir Husanov faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Unga yangi mavsumda Evropa chempionlar ligasida harakat qiladigan "Lans" klubi jiddiy qiziqish bildiryapti.
"90min" nashrining xabar berishicha, Frantsiya vitse-chempionlari kolumbiyalik Yerri Minani ko‘z ostiga olgandi. Biroq muzokaralar ijobiy natija bermagach, klub e’tiborini 19 yoshli Abduqodirga qaratgan.
Futbolchimiz O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borishimizda ulkan hissa qo‘shdi.
Qo‘shimchasiga, Husanov yaqinda bo‘lib o‘tgan "CAFA Nation's Cup" musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham debyut qildi.
Fikrlar