
Butunjahon armiya o‘yinlari. Obidjon Toxirov suriyalik raqibiga engildi
Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon armiya o‘yinlarida boks bo‘yicha hamyurtimiz Obidjon Toxirov ringga ko‘tarildi.
Suriyalik Muhammad Mlaiyes Toxirovga raqilbik qildi. 1 va 2-raundlar Obidjon Toxirovning g‘alabasi bilan yakuniga etgan edi. Ammo 3-raundda hamyurtimiz texnik nokaut evaziga jangni davom ettira olmadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun -91 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov rossiyalik raqibi Ivan Sagaidakga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar