
Buskets va Alba "Kamp Nou"da muxlislar bilan xayrlashgan bahsda "Barsa" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liganing 37-turidan o‘rin olgan "Barselona - "Malorka" uchrashuvida kataloniyaliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Fati dubl qayd etdi. Yana bir golni esa Gavi o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Barsa" ochkolari sonini 88 taga etkazib olib, turnir jadvalida 1-o‘rinda qoldi. "Malorka" esa 47 ochko bilan 12-pog‘onada.
Fikrlar