
Buskets: Bu yoshda ko‘pchilik yoshlar jamoasida o‘ynaydi
Ispaniya Superkubogi finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" yirik 3:1 hisobida raqibidan ustun keldi.
Uchrashuvdan so‘ng Kataloniya klubi sardori "qirollik klubi"ga qarshi bahsda gol va ikkita assist amalga oshirgan Gavi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
Bilasizmi, u juda raqobatbardosh. Bu yoshda ko‘pchilik yoshlar jamoasida o‘ynaydi. Gavi aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshiradi. Assistentlik qiladi va gollar uradi.
Uning kelajagi porloq va yuqori potentsialga ega. Umid qilamanki, u "Barsa"da yangi davrni yaratadigan futbolchiga aylanadi", - dedi Buskets.
Fikrlar