"Burgutlar"da alamli yakun

  • 16 sentabr, 2024, 01:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

15 sentyabr oqshomida “Andijon” “Bobur arena”da “Lokomotiv”ni qabul qildi. Stadionda kutilganidek yuqori darajadagi muhit hukm surdi. O‘zbekistondagi yagona fan-klub – “Andijon” ishqibozlari bu safar ham o‘zgacha performans bilan barchani e’tiborini o‘ziga qaratdilar.

Tecno

Ayni paytda yurtimizda va xususan Andijonda futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Qozog‘iston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab ishqibozlar Andijonga kelishgan va ular “Bobur arena”da ham “Andijon” fan-klubi bilan birga olqishladilar. Shuningdek, stadionad qirg‘izistonlik muxlislarni ham uchratish mumkin edi.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu safar ham omad “Andijon”dan yuz o‘girdi. Birinchi bo‘limdan farqli o‘laroq ikkinchi bo‘lim “jonliroq” o‘tdi va gollar urildi. Kutilmaganda “Lokomotiv” ikkinchi bo‘limni tezkor gol bilan boshladi. “Burgutlar” esa 70-daqiqada Farhod Sohibjonovning kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan bu futbolchi jamoa o‘yinini ancha kuchaytirdi. G‘alaba ishtiyoqida Xomyakov shogirdlari hujumga zo‘r berdilar. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqlarning oxirida mehmonlar burchakdan uzatilgan to‘pdan so‘ng g‘alaba golini kiritdilar va “Andijon” alamli mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi turda “Andijon” 20 sentyabr kuni Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushadi.

“Andijon” – “Lokomotiv”- 1:2 (0:0).

15 sentyabr. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 9762 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Ruslan Serazetdinov, Dilshod Jumaniyozov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: Davron Ibrohimov

“Andijon”: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Levan Arveladze (Damir Temirov, 70), Ilhom Abdug‘aniev (Luka Zgurskiy, 88), Muhammadkarim Toirov, Vagiz Galiulin (Farhod Sohibjonov, 46), Bektemir Abdumannonov, Rustam Turdimurodov.

“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Valeriy Kichin, Ivan Rogach, Abdulazizxon Abdurashidov, Sardor Abdunabiev, Sanjar Tursunov, Abubakr Rizo Turdialiev, Rustam Xolnazarov (Abdulloh Yo‘ldoshev, 70), Mixail Gashchenkov (Sobit Sindarov, 70), Jasur Hakimov, Shodiyor Shodiboev (Quvonchbek Abraev, 78).

Gollar: Rustam Xolnazarov, 46 – 0:1. Farhod Sohibjonov, 70 – 1:1. Ivan Rogach, 90+5 – 1:2.

Ogohlantirishlar: Sardor Abdunabiev, 68. Ivan Rogach, 90+5.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!