"Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi: "Hozir kelajakni emas, navbatdagi uchrashuvni o‘ylayapmiz"

  • 10 sentabr, 2022, 21:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" bugun tushdan so‘ng yangi bosh murabbiy Ivan Boshkovich bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Tecno

Bugungi mashg‘ulotlarda Boshkovichga Abduhamid Qodirov yordam berdi. Shuningdek, Murod Zuhurov darvozabonlar bilan ishladi. Tez orada murabbiylar shtabi a’zolari to‘liq tasdiqlanadi.

“Avvalo ishonch uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bilaman, jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Lekin bu bizni qo‘rqitmaydi va astoydil mehnat qilamiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifa har bir o‘yinda g‘alaba qozonish, maksimal natijaga erishish. Hozir kelajakni emas, navbatdagi uchrashuvni o‘ylayapmiz”, - dedi Ivan Boshkovich.

"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!