
“Bunyodkor”ning sobiq sardori “Barsa”ni tanqid qildi
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Rivaldo sobiq jamoasi “Barselona”ning bugungi holatini tanqid qildi. Braziliyalik futbolchiga kataloniyaliklar rahbariyatining “Real”dan ortda qolib ketganiga hakamlik va VAR tizimini bahona sifatida ko‘rsatayotgani yoqmayapti.
- Hakamlik yoki VAR qaroridan ba’zan xafa bo‘lish mumkin. Lekin men “Barselona” prezidenti Bartomeuning hakamlar “Real”ni qo‘llayotgani haqidagi fikrlariga umuman qo‘shilmayman. U ommaviy axborot vositalari e’tiborini klubdagi haqiqiy muammolardan chalg‘itishga urinyapti, - dedi Rivaldo.
Shuningdek, Rivaldo hakamlar yoki VAR qarorlari “Barselona” uchun muammo emasligini, asl masala va chempionlik poygasida “Real”dan ortda qolishning sababi o‘yin sifatining pasayib ketgani ekanligini alohida ta’kidladi.
Fikrlar