"Bunyodkor"dan gapiramiz! G‘iyosov keldi, Murtazoev va Abduraimov ketdi

  • 12 avgust, 2020, 13:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 10 avgustdan e’tiboran mamlakatimizda transfer oynasi ochildi. Mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlashni maqsad qilgan "Bunyodkor" ilk transferni amalga oshirdi.

Klub mabuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan mavsumni «Bunyodkor»da o‘tkazgan Xurshid G‘iyosov yana "qaldirg‘ochlar" safiga qaytgan. U bilan bir yillik shartnoma imzolangan.

Yil avvalida Janubiy Koreyaning «Anyang» klubiga ko‘chib o‘tgan G‘iyosov mavsumning birinchi qismini legioner sifatida o‘tkazgan edi. 

Shuningdek, "Bunyodkor" mavsum boshida ijara asosida "Nasaf"dan olgan Humoyun Murtazoev va Sardor Abduraimov bilan o‘zaro kelishgan holda xayrlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, har ikkala futbolchi ham faoliyatini yana «Nasaf»da davom ettiradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!