
“Bunyodkor”da porlagan futbolchi “Barselona”ni tanqid qildi
O‘zbekiston chempioni Rivaldo “Barselona” bosh murabbiyi Kike Setenning beshta zaxira futbolchisini almashtirish uning jamoasiga ziyon keltirishi haqidagi fikrlari uchun tanqid qildi.
- “Barselona”ga bunaqa gaplar yarashmaydi. Setenning gaplarida ma’no yo‘q. “Real” va “Barselona” boshqa jamoalardan sezilarli darajada kuchli va o‘yin taqdirini 45 daqiqa ichida hal qilib qo‘ya oladi. Agar Messi o‘ynamasa “Barsa” qanday o‘ynarkan? Buni bir ko‘rish kerak. Lekin Leoga shunchaki bugun dam olasan, deb bo‘lmaydi. Messi La Liga, Chempionlar ligasi va “Oltin to‘p”ni yutmoqchi. Shunday ekan u muntazam o‘yinga tushishi kerak,- dedi Rivaldo.
“Barselona” pandemiyadan keyingi ilk uchrashuvini 13 iyun kuni “Malorka”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar