
"Bunyodkor" Antaliyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yagona gol evaziga zafar quchdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Bunyodkor" ilk sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi. Unda "qaldirg‘ochlar"ga Rossiyaning "Veles" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Bunyodkor" safida yagona golga Avazbek O‘lmasaliev mualliflik qildi. 71-daqiqada kiritilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.
Ma’lumot o‘rnida, toshkentliklar 17 fevralga qadar yig‘inni davom ettiradi.
Fikrlar
Мақсад, маълумот беришми, ёки, ... ... ... ? Журналист бўлмаган, оддий, мактаб боласи ҳам бундан яхши ёзадику.