Bunisi aniq ShOK! "Paxtakor" futbolchisi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi!!!

  • 31 yanvar, 2024, 19:32
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammadali O‘rinboev Angliyaning "Brentford" klubiga ijaraga berildi. Bu haqda "Paxtakor" klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

O‘zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz O‘zbekistondan Angliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi! "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboev faoliyatini APL ishtirokchisi "Brentford" klubida davom ettiradi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar "Brentford"da ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. O‘rinboev "Paxtakor"da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi.

Shu tariqa iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqarishda davom etayotgan "Paxtakor" akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo‘l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o‘zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
31/01/2024 20:10
Узбек футболи учун яхши ютук. Омад тилаш керак.
Sherhon G'apparov
31/01/2024 21:49
Omad,faqat hursand bulamiz bundan,
Sevdiyor Mardonov
31/01/2024 20:37
Omad tilaymiz keyingi faoliyatiga
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
31/01/2024 19:44
Омад только удачи
Смешно трансфер
31/01/2024 22:24
Нимаси "смешно"?
Begmatov Avaz
31/01/2024 19:35
Омадизи берсин