
"Bunga yo‘l qo‘ymaymiz!" - La Liga "Barselona"ga qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda
La Liga Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga e’tiroz bildirmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi.
Yaqinda Oliy sport kengashi (CSD) "Barselona"ga ushbu futbolchilarni mavsumning ikkinchi yarmi uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Shundan so‘ng liga o‘yinchilarni ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Biroq, Liga qarorni sinchkovlik bilan o‘rganishini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, La Liga futbolchilarning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini to‘xtatish maqsadida kengash qarori ustidan ma’muriy sudga apellyatsiya taqdim etadi. Ushbu apellyatsiya Liganing kengashga yuborgan javobdan mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
Fikrlar