
Bundesliganing ikki klubi Frantsiya terma jamoasi a’zosi uchun kurash boshladi
"Marsel" klubi yarim himoyachisi Florian Toven faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Bavariya" va "Bayer" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tovenga “Milan”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Toven joriy mavsum “Marsel” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar