
Bunaqasi boshqa bo‘lmaydi! Legionerimiz autdan gol urdi
Rossiya Milliy futbol ligasining 23-turida Vitaliy Denisov to‘p tepayotgan “Tom” jamoasi safar uchrashuvida “Spartak-2” mehmoni bo‘lmoqda.
Ayni paytda davom etayotgan uchrashuvning ikkinchi daqiqasida futbol olamida kam uchraydigan voqea yuz berdi. Futbol muxlislari o‘zbekistonlik futbolchining to‘pni yon qiziqdan uzoq masofaga otib bera olishini yaxshi bilashdi. “Spartak-2” jamoasiga qarshi uchrashuvda Vitaliyning bu mahorati qo‘l keldi.
Denisov autdan to‘pni raqib darvozasi tomongan otdi. To‘pga birinchi bo‘lib moskvaliklar darvozaboni Timur Akmurzin etib keldi. Biroq, kutilmaganda sirpanib ketib, Denisovdan kelgan to‘p bilan birga o‘z darvozasi ichiga yiqildi.
Albatta, qoidaga ko‘ra, bu vaziyat avtogol, deb baholandi.
Fikrlar