BUM! "Navbahor" futbolchisi jamoa bilan xayrlashdi

  • 16 iyul, 2024, 17:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Namanganning “Navbaxor” klubi futbolchisi Asadbek Sobirjonov rasman jamoa bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Bundan bir necha daqiqa oldin futbolchining o‘zi ham instagram saxifasi orqali klub bilan xayrlashganini ma’lum qildi. “Barchasi uchun raxmat”- deb yozadi u ijtimoiy tarmoqdagi saxifasi orqali. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi bu mavsum birinchi davra baxslarida namanganliklar safida barcha 13 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ammo aksar bellashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Sobirjonovning keyingi jamoasi nomi xam deyarli ma’lum bo‘lib ulgurgan. Futbolchi faoliyatini Bekobodning “Metallurg” klubida davom ettirishga yaqin bo‘lib turibdi. Uning bu qarorga kelishida bekobodliklarning yangi bosh murabbiyi sifatida Grigoriy Kolosovskiyning ish boshlashi turtki bo‘lgan bo‘lishi extimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!