
Bugungi "Oltin to‘p" Benzemaniki!
Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Real" - PSJ javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘ynidan keyin taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Telegram" kanalida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
"Bugungi "Oltin to‘p" Benzemaniki. "The Best" Modrichniki. Murabbiylar jangida esa Anchelotti dars berdi. Pochettino, 2 to‘p farqqa ishonib ikkinchi bo‘limda yotib oldi. Mbappesi, Neymari, Messisi bilan bunday o‘ynagani uchun qahshatqich zarba qabul qildi.
"Real" Madrid yana bir bor xarakter namoyish etdi. Qizig‘i, hisob 3:1 (3:2) ligida ham aynan mezbonlar gol urishga intilishdi. PSJ yana orzusiga etisha olmadi. "Real" Madrid chorakfinalda", - deydi Fayziev.
Fikrlar