
Bugun o‘zbekistonlik MMA yulduzlari jang qiladi
Bugun, 19 fevral kuni Toshkentda katta MMA kechasi o‘tkaziladi. Ya’ni, Qozog‘istonning "Oktagon" hamda yurtimizning "U1 Championship" promousheni hamkorligida jang kechasi tashkil etiladi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev hamda braziliyalik Luchiano Kontini bahs yuritadi.
Shuningdek asosiy karddan Avliyoxon Hamidov, Azamat Nuftillaev kabi taniqli hamyurtlarimizning janglari ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, janglar "ZO‘R TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.
Fikrlar