
Bugun O‘zbekiston ayollar OTJ «So‘g‘diyona-W» jamoasiga qarshi maydonga tushadi
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi «JIZZAKH WOMEN CUP-2019» xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda. Kecha musobaqaning dastlabki uchrashuvida vakillarimiz Qirg‘iziston U-19 terma jamoasi bilan kuch sinashishdi.
Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari «So‘g‘diyona-W» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. O‘yin soat 10:00da boshlanadi. Shuningdek, bugun soat 16:00da Qozog‘istonning "Biik" jamoasi Qirg‘iziston U-19 terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
«Jizzakh women Cup-2019»
19 MART
10:00 «So‘g‘diyona-W» - O‘zbekiston ayollar OTJ
16:00 BIIK Qozog‘iston- Qirg‘iziston U-19
Fikrlar