Bugun Oston O‘runov Yo‘ldoshev kabi jamoasini qutqarishi lozim!

  • 20 mart, 2022, 12:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer-ligasi 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.

Tecno

Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" klubi tur o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi. Legionerimizning jamoasiga "Krasnodar" raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Mazkur bellashuv oldidan boshqirdistonliklar 17 ochko bilan so‘nggi, "Krasnodar" esa 35 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi. Kecha RPLdagi boshqa vakilimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘z goli bilan klubiga 1 ochko keltirgandi. Bugun Ostondan ham faollik kutib qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!