
Bugun Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi
Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2024 yilgi Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Qatar poyaxti Doha shahrida start oladi.
Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:
1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni)
Saudiya Arabistoni
O‘zbekiston
Yaponiya
2-savatcha
Avstraliya
Koreya Respublikasi
Iroq
Vetnam
3-savatcha
Tailand
Iordaniya
BAA
Quvayt
4-savatcha
Malayziya
Tojikiston
Indoneziya
Xitoy
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etuvchi mazkur musobaqa 2024 yilning 15-aprelidan 3-mayiga qadar davom etadi.
Fikrlar